Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Avtoralli

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 140-b. — ziyouz.com

    Avtoralli (avto ... va ing. rally — yiğin) — avtomobil sporti böyiça kompleks musobaqalar. Bunda muayyan yönaliş böyiça belgilangan harakat jadvaliga aniq rioya qilinadi. Iştirokçilarning asosiy vazifasi — vaqt nazorati joylariga fursatida yetib kelişi; keçikkanlik yoki barvaqt yetib kelganlik uçun jarima xollari (oçkolar) yoziladi. A.da qöşimça sinovlar — şosse, ippodrom yölkalari böylab poygalar, tik qiyalikni bosib ötiş, figurali haydaş kabilar kiritilişi mumkin.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АВТОРАЛЛИ (авто ... ва инг. rally — йиғин) — автомобиль спорти бўйича комплекс мусобақалар. Бунда муайян йўналиш бўйича белгиланган ҳаракат жадвалига аниқ риоя қилинади. Иштирокчиларнинг асосий вазифаси — вақт назорати жойларига фурсатида етиб келиши; кечикканлик ёки барвақт етиб келганлик учун жарима холлари (очколар) ёзилади. А.да қўшимча синовлар — шоссе, ипподром йўлкалари бўйлаб пойгалар, тик қияликни босиб ўтиш, фигурали ҳайдаш кабилар киритилиши мумкин.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.