Avtoşturman
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 143-b. — ziyouz.com
Avtoşturman — mustaqil aeronavigatsiya qurilmasi. A. samolyot yölini xaritaga çizib boradi. Samolyotning uçiş yönalişini maxsus tizimli distansion kompas körsatib turadi. Samolyotning havoga nisbatan tezligi haqiqiy havo körsatkiçidan qayd qiluvçi moslamaga uzatiladi. Şamolning yönalişi va tezligiga oid tuzatma kiritilsa, A. samolyotning yölini yerga nisbatan, tuzatma kiritilmasa, havoga nisbatan qayd qilib boradi yoki körsatadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АВТОШТУРМАН — мустақил аэронавигация қурилмаси. А. самолёт йўлини харитага чизиб боради. Самолётнинг учиш йўналишини махсус тизимли дистанцион компас кўрсатиб туради. Самолётнинг ҳавога нисбатан тезлиги ҳақиқий ҳаво кўрсаткичидан қайд қилувчи мосламага узатилади. Шамолнинг йўналиши ва тезлигига оид тузатма киритилса, А. самолётнинг йўлини ерга нисбатан, тузатма киритилмаса, ҳавога нисбатан қайд қилиб боради ёки кўрсатади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.