Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Avtosporalar

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 141-b. — ziyouz.com

    Avtosporalar (avto ... va spora) — ayrim yaşil suvötlarda hujayra içida oddiy böliniş yöli b-n paydo bölgan yoş hujayralar (harakatçan sporalar). A.ona hujayra içida bir neça dona hosil bölib, rasmana yetiladi. A.ning koloniya bölib yaşaydigan turlari ona hujayra içidayoq yangi koloniyaga aylanadi. Ona hujayra yorilgaç mustaqil yaşay boşlaydi. A.sirti sellyuloza pöst b-n qoplangan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АВТОСПОРАЛАР (авто ... ва спора) — айрим яшил сувўтларда ҳужайра ичида оддий бўлиниш йўли б-н пайдо бўлган ёш ҳужайралар (ҳаракатчан споралар). А.она ҳужайра ичида бир неча дона ҳосил бўлиб, расмана етилади. А.нинг колония бўлиб яшайдиган турлари она ҳужайра ичидаёқ янги колонияга айланади. Она ҳужайра ёрилгач мустақил яшай бошлайди. А.сирти целлюлоза пўст б-н қопланган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.