Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Axbaxöjakaspi dovoni

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 811-b. — ziyouz.com

    Axbaxöjakaspi dovoni - Surxondaryo viloyati b-n Tojikiston Respublikasi çegarasidagi dovon. Maçitli tizma toğining şim.-şarqiy qismida, Kiştut daryosi, Xöjakaspi irmoğining yuqori oqimida joylaşgan. Bal. 3870 m. Ğarbiy yon bağirlari qor va muzliklar b-n qoplangan va şarqiy yon bağriga nisbatan qiyaroq. A. d. orqali yoz oylarida Xöjakaspi daryosi vodiysidan Sandaldaryo vodiysiga ötiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АХБАХЎЖАКАСПИ ДОВОНИ - Сурхондарё вилояти б-н Тожикистон Республикаси чегарасидаги довон. Мачитли тизма тоғининг шим.-шарқий қисмида, Киштут дарёси, Хўжакаспи ирмоғининг юқори оқимида жойлашган. Бал. 3870 м. Ғарбий ён бағирлари қор ва музликлар б-н қопланган ва шарқий ён бағрига нисбатан қияроқ. А. д. орқали ёз ойларида Хўжакаспи дарёси водийсидан Сандалдарё водийсига ўтилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.