Axbor
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 811–812-b. — ziyouz.com
Axbor (arab. — xabarlar) — şialarning muqaddas rivoyatlari, Muhammad (sav) va Alining sözlari, faoliyati töğrisidagi rivoyatlar töplami. A. sunniylarda muqaddas hisoblangan sunna (hadis töplamlari) kabi Qur'ondan keyingi muqaddas manbalardan hisoblanadi. Sunna Muhammad(sav) va sahobalarning, A. esa faqat payğambar va uning oila a'zolari, Ali va b. imomlarning faoliyati haqidagi rivoyatlarni öz içiga oladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АХБОР (араб. — хабарлар) — шиаларнинг муқаддас ривоятлари, Муҳаммад (сав) ва Алининг сўзлари, фаолияти тўғрисидаги ривоятлар тўплами. А. суннийларда муқаддас ҳисобланган сунна (ҳадис тўпламлари) каби Қуръондан кейинги муқаддас манбалардан ҳисобланади. Сунна Муҳаммад(сав) ва саҳобаларнинг, А. эса фақат пайғамбар ва унинг оила аъзолари, Али ва б. имомларнинг фаолияти ҳақидаги ривоятларни ўз ичига олади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.