Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Axborot

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 812-b. — ziyouz.com

    Axborot — 1) biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma'lumot. Davlatlar örtasidagi muzoqaralar natijasida tuzilgan bitim yoki şartnoma töğrisida hukumatning rasmiy xabari. Xalqaro huquqda ikki va undan ortiq davlatlar örtasida olib boriladigan diplomatik muzokaralar natijasida tuzilgan bitimlar, şartnomalar yoki qabul qilingan boşqa qarorlar haqidagi xabar ikki yoki undan ortiq davlatlar tomonidan rasmiy e'lon qilinadi. Ikki davlat örtasida olib borilgan muzoqaralar haqidagi A. odatda qöşma A. deb ataladi; 2) ba'zi vaqtli naşrlarning nomi (mas, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining axboroti, Özbekiston Respublikasi test markazining axboroti va b.).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АХБОРОТ — 1) бирон воқеа ҳақидаги батафсил хабар, маълумот. Давлатлар ўртасидаги музоқаралар натижасида тузилган битим ёки шартнома тўғрисида ҳукуматнинг расмий хабари. Халқаро ҳуқуқда икки ва ундан ортиқ давлатлар ўртасида олиб бориладиган дипломатик музокаралар натижасида тузилган битимлар, шартномалар ёки қабул қилинган бошқа қарорлар ҳақидаги хабар икки ёки ундан ортиқ давлатлар томонидан расмий эълон қилинади. Икки давлат ўртасида олиб борилган музоқаралар ҳақидаги А. одатда қўшма А. деб аталади; 2) баъзи вақтли нашрларнинг номи (мас, Ўзбекистон Республикаси Фанлар академиясининг ахбороти, Ўзбекистон Республикаси тест марказининг ахбороти ва б.).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.