Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Aylanma harakat

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 239-b. — ziyouz.com

    Aylanma harakat - qattiq jism aylanganda uning aylaniş öqida yotmagan har bir nuqtasi aylana yasaydigan harakat. Bunda har qaysi aylana tekisligi qözğalmas töğri çiziq — aylaniş öqiga tik böladi, aylanalarning markazi esa şu öqda yotadi. A. h. burçak tezligi va burçak tezlanişi b-n ifodalanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АЙЛАНМА ҲАРАКАТ - қаттиқ жисм айланганда унинг айланиш ўқида ётмаган ҳар бир нуқтаси айлана ясайдиган ҳаракат. Бунда ҳар қайси айлана текислиги қўзғалмас тўғри чизиқ — айланиш ўқига тик бўлади, айланаларнинг маркази эса шу ўқда ётади. А. ҳ. бурчак тезлиги ва бурчак тезланиши б-н ифодаланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.