Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Aylanma plug

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 239-b. — ziyouz.com

    Aylanma plug — egat va jöyaklar hosil qilmasdan şudgorlaydigan plug. Umumiy ramaga mahkamlangan, çap va öngga ağdaradigan korpuslari böladi. A.p.ning har qaysi ötişidan söng uning ramasi buriş mexanizmi yordamida böylama öq atrofida 90° ga buriladi. A.p. traktorga örnatib işlatiladi. Agregatni traktorçi boşqaradi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АЙЛАНМА ПЛУГ — эгат ва жўяклар ҳосил қилмасдан шудгорлайдиган плуг. Умумий рамага маҳкамланган, чап ва ўнгга ағдарадиган корпуслари бўлади. А.п.нинг ҳар қайси ўтишидан сўнг унинг рамаси буриш механизми ёрдамида бўйлама ўқ атрофида 90° га бурилади. А.п. тракторга ўрнатиб ишлатилади. Агрегатни тракторчи бошқаради.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.