Aylant ipak qurti
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 239–240-b. — ziyouz.com
Aylant ipak qurti (Philosamia cynthia) — tovusközlilar oilasiga mansub kapalak. Qanotlari yoyilganda 110— 130 mm, jigarrang, yöl-yöl, örtasida yarim oysimon oqiş doğlari bor. Jan.- Şarqiy Osiyoda tarqalgan, Jan. Yevropaga ham keltirilgan. Qurtlari aylant, nastarin, kanakunjut va b. ösimliklar bargi b-n oziqlanadi. Ğumbagi qişlaydi. A.i.q. Xitoy, Yaponiya, Hindistonda boqiladi, lekin katta sanoat ahamiyatiga ega emas. Bitta pillasi 60 m ga yaqin ipak ip beradi. A.i.q. lab. hayvoni sifatida ham boqiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АЙЛАНТ ИПАК ҚУРТИ (Philosamia cynthia) — товускўзлилар оиласига мансуб капалак. Қанотлари ёйилганда 110— 130 мм, жигарранг, йўл-йўл, ўртасида ярим ойсимон оқиш доғлари бор. Жан.- Шарқий Осиёда тарқалган, Жан. Европага ҳам келтирилган. Қуртлари айлант, настарин, канакунжут ва б. ўсимликлар барги б-н озиқланади. Ғумбаги қишлайди. А.и.қ. Хитой, Япония, Ҳиндистонда боқилади, лекин катта саноат аҳамиятига эга эмас. Битта пилласи 60 м га яқин ипак ип беради. А.и.қ. лаб. ҳайвони сифатида ҳам боқилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.