Ayrisimon bez
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 245-b. — ziyouz.com
Ayrisimon bez (buqoq bezi, timus) — umurtqali hayvonlar va odamda kekirdakning öng va çap yonida joylaşgan bölakçalardan iborat bez. Yoşlik (ösmirlik) davrida yaxşi taraqqiy etgan böladi. Qon hosil bölişida (bunda A.b.dan limfotsitlar vujudga keladi), organizmning ösişi va umumiy rivojlanişida, immunitet yuzaga kelişida iştirok etadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АЙРИСИМОН БЕЗ (буқоқ бези, тимус) — умуртқали ҳайвонлар ва одамда кекирдакнинг ўнг ва чап ёнида жойлашган бўлакчалардан иборат без. Ёшлик (ўсмирлик) даврида яхши тараққий этган бўлади. Қон ҳосил бўлишида (бунда А.б.дан лимфоцитлар вужудга келади), организмнинг ўсиши ва умумий ривожланишида, иммунитет юзага келишида иштирок этади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.