Ayron
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 245-b. — ziyouz.com
Ayron — 1) qatiqning kuv (guppi) da moyi ajratib olingandan söng qolgan suyuq qismi. Özbekistonning ayrim joylarida çalob ham A. deb ataladi. Içimlik sifatida işlatiladi. A.ning suvi maxsus tayyorlangan xaltadan ötkazilib, suzma (çakki) tayyorlanadi, suzmadan qurt qilinadi. Odam uçun foydali moddalarga boy; 2) qatiq yoki suzmadan suv, ziravorlar, oşköklar, muz qöşib tayyorlanadigan çanqovbosar içimlik.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АЙРОН — 1) қатиқнинг кув (гуппи) да мойи ажратиб олингандан сўнг қолган суюқ қисми. Ўзбекистоннинг айрим жойларида чалоб ҳам А. деб аталади. Ичимлик сифатида ишлатилади. А.нинг суви махсус тайёрланган халтадан ўтказилиб, сузма (чакки) тайёрланади, сузмадан қурт қилинади. Одам учун фойдали моддаларга бой; 2) қатиқ ёки сузмадан сув, зираворлар, ошкўклар, муз қўшиб тайёрланадиган чанқовбосар ичимлик.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.