Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Ayyom

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 234-b. — ziyouz.com

    Ayyom (arabça, yavm va kun sözining köpligi) — bayram oldi va bayram kunlari. Qutluğ va tabarruk kunlar ma'nosida uluğ ayyom (uluğ kunlar) deb qöllanilgan. «Uluğ ayyom» iborasi b-n bir qatorda, özbek xalqida «ayyomlari qutluğ bölsin», «ayyomingiz muborak bölsin» tarzida bayram b-n qutlaş, yaxşi tilaklar tilab, bir-birlariga murojaat qiliş odat bölib qolgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АЙЁМ (арабча, явм ва кун сўзининг кўплиги) — байрам олди ва байрам кунлари. Қутлуғ ва табаррук кунлар маъносида улуғ айём (улуғ кунлар) деб қўлланилган. «Улуғ айём» ибораси б-н бир қаторда, ўзбек халқида «айёмлари қутлуғ бўлсин», «айёмингиз муборак бўлсин» тарзида байрам б-н қутлаш, яхши тилаклар тилаб, бир-бирларига мурожаат қилиш одат бўлиб қолган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.