Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Azande

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 211-b. — ziyouz.com

    Azande AZANDE, Banda — Markaziy Afrikadagi yassi toğlik. Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi va Sudan hududlarida, Kongo daryosi, Çad köli va Nil daryosi havzalari oraliğidagi suvayirğiç. Tokembriy davriga oid kristalli va metamorfik toğ jinslaridan tuzilgan. Örtaça bal. 600—900 m (eng baland joyi ğarbida — 1388 m). Böliq ötlar ösadi, ondasonda barg tökuvçi örmonlar uçraydi, daryo sohillari doim yaşil örmonlar b-n qoplangan. Oltin va olmos konlari bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АЗАНДЕ, Банда — Марказий Африкадаги ясси тоғлик. Марказий Африка Республикаси, Конго Демократик Республикаси ва Судан ҳудудларида, Конго дарёси, Чад кўли ва Нил дарёси ҳавзалари оралиғидаги сувайирғич. Токембрий даврига оид кристалли ва метаморфик тоғ жинсларидан тузилган. Ўртача бал. 600—900 м (энг баланд жойи ғарбида — 1388 м). Бўлиқ ўтлар ўсади, ондасонда барг тўкувчи ўрмонлар учрайди, дарё соҳиллари доим яшил ўрмонлар б-н қопланган. Олтин ва олмос конлари бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.