Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Azin böyoqlar

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 218–219-b. — ziyouz.com

    Azin böyoqlar — urfa rangdagi (qizildan kökkaça) böyovçi sintetik moddalar, fenazin hosilalari. Ular anilin va paradiaminobenzolni birgalikda oksidlaş yöli b-n olinadi. A.b. qaytarilganda rangsiz leykobirikmalarga aylanadi va ulardan havodagi kislorod ta'sirida qaytadan böyoq hosil böladi. A.b.ning asosli va kislotali xossaga ega bölgan turlari ma'lum. A.b. ip gazlama, şoyi, jun gazlama böyaşda; ba'zilari fotografiyada desensibilizator sifatida işlatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АЗИН БЎЁҚЛАР — урфа рангдаги (қизилдан кўккача) бўёвчи синтетик моддалар, феназин ҳосилалари. Улар анилин ва парадиаминобензолни биргаликда оксидлаш йўли б-н олинади. А.б. қайтарилганда рангсиз лейкобирикмаларга айланади ва улардан ҳаводаги кислород таъсирида қайтадан бўёқ ҳосил бўлади. А.б.нинг асосли ва кислотали хоссага эга бўлган турлари маълум. А.б. ип газлама, шойи, жун газлама бўяшда; баъзилари фотографияда десенсибилизатор сифатида ишлатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.