Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Azoimid

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 221-b. — ziyouz.com

    Azoimid AZOIMID, HN3 — azotning vodorod b-n hosil qilgan kislotasi, tuzilişi. Suvsiz A. ötkir hidli, zaharli, rangsiz suyuqlik, qaynaş t-rasi — 37°, suyuqlaniş t-rasi — 80°, portlovçi modda, qizdirilganda, işqalanganda yoki sal zarbalanganda darhol detanatsiyalanadi. Suvli eritmalarda A. NQ va N3 ionlariga dissotsiatsiyalanadi, kislotalik kuçi sirka kislotasiga yaqin. Oksidlovçi xossaga ega. A.ning kuçli xlorid kislota b-n aralaşmasi oltin va platinani eritadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АЗОИМИД, HN3 — азотнинг водород б-н ҳосил қилган кислотаси, тузилиши. Сувсиз А. ўткир ҳидли, заҳарли, рангсиз суюқлик, қайнаш т-раси — 37°, суюқланиш т-раси — 80°, портловчи модда, қиздирилганда, ишқаланганда ёки сал зарбаланганда дарҳол детанацияланади. Сувли эритмаларда А. НҚ ва N3 ионларига диссоциацияланади, кислоталик кучи сирка кислотасига яқин. Оксидловчи хоссага эга. А.нинг кучли хлорид кислота б-н аралашмаси олтин ва платинани эритади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.