Asosiy mazmunga ötiş

Nima yangi v1.6.4 · 25-oktabr

Hamma versiyalar →
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Badan

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 8-b. — ziyouz.com

    Badan BADAN, möğul çoyi (Bergenia crassikolia) — toşyorardoşlar oilasiga mansub köp yillik öt. Örta Osiyoda bir neça turi bor. Surxondaryo viloyati toğlarida V. hissarica turi uçraydi. Gullari çiroyli, qizil yoki binafşa rang. Manzarali ösimlik sifatida ekiladi. Ildizi va poyasida 28% gaça oşlovçi moddalar, arbutin glyukozidi va böyoq moddalar bor. Ildizpoyasidan olinadigan ekstrakt stomatit, kolit, enterokolit va ginekologik kasalliklarni davolaşda işlatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БАДАН, мўғул чойи (Bergenia crassikolia) — тошёрардошлар оиласига мансуб кўп йиллик ўт. Ўрта Осиёда бир неча тури бор. Сурхондарё вилояти тоғларида В. hissarica тури учрайди. Гуллари чиройли, қизил ёки бинафша ранг. Манзарали ўсимлик сифатида экилади. Илдизи ва поясида 28% гача ошловчи моддалар, арбутин глюкозиди ва бўёқ моддалар бор. Илдизпоясидан олинадиган экстракт стоматит, колит, энтероколит ва гинекологик касалликларни даволашда ишлатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.