Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bade Samarqandiy

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 10-b. — ziyouz.com

    Bade Samarqandiy (Muhammad Bade ibn Muhammad Şarif Samarqandiy) (1641, Samarqand — ?) — özbek şoiri va adabiyotşunosi. «Maleho» taxallusi b-n şe'riy asarlar yozgan. Uç yillik sayohat natijasida «Muzokir ul-ashob» («Suhbatdoşlar zikri», 1692) nomli tazkira yaratgan. Tazkirada 17-a.da Movarounnaxr va Eronda yaşagan 203 şoirning ijodi va hayoti hahida ma'lumot beriladi, asarlaridan namunalar keltiriladi.

    Ad.: Abdullayev I., Hikmatullayev X., Samarqandlik olimlar, T., 1969.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БАДЕ САМАРҚАНДИЙ (Муҳаммад Баде ибн Муҳаммад Шариф Самарқандий) (1641, Самарқанд — ?) — ўзбек шоири ва адабиётшуноси. «Малеҳо» тахаллуси б-н шеърий асарлар ёзган. Уч йиллик саёҳат натижасида «Музокир ул-асҳоб» («Суҳбатдошлар зикри», 1692) номли тазкира яратган. Тазкирада 17-а.да Мовароуннахр ва Эронда яшаган 203 шоирнинг ижоди ва ҳаёти ҳаҳида маълумот берилади, асарларидан намуналар келтирилади.

    Ад.: Абдуллаев И., Ҳикматуллаев X., Самарқандлик олимлар, Т., 1969.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.