Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bağdod ipak qurti

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 165-b. — ziyouz.com

    Bağdod ipak qurti - Bagdod ş.dan keltirilgan monovoltin zotiga mansub ipak qurti. Pillasi yirik (2 — 3 g), şakli uzunçoq, beldor, rangi oq, ba'zan sargiş-yaşil. pillasidan 14 — 17% ipak çiqadi, ipakning tortiliş miqdori 60 — 80%. B. i. q. Özbekistonda qadimdan boqib kelingan. Oq pilla olişga kirişilgaç, bundan voz keçilgan. Qisman seleksiya işlarida foydalaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БАҒДОД ИПАК ҚУРТИ - Багдод ш.дан келтирилган моновольтин зотига мансуб ипак қурти. Пилласи йирик (2 — 3 г), шакли узунчоқ, белдор, ранги оқ, баъзан саргиш-яшил. пилласидан 14 — 17% ипак чиқади, ипакнинг тортилиш миқдори 60 — 80%. Б. и. қ. Ўзбекистонда қадимдан боқиб келинган. Оқ пилла олишга киришилгач, бундан воз кечилган. Қисман селекция ишларида фойдаланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.