Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bakterial filtrlar

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 40-b. — ziyouz.com

    Bakterial filtrlar - suyuqliklarni suzib (filtrlab) bakteriyalar va boşqa mikroorganizmlardan tozalaş uçun qöllaniladigan har xil apparatlar. Ular vakuum ta'sirida işlaydi. Şişa, kaolin, sellyulozadan tayyorlanadi. Isitib bölmaydigan suyuqliklar (dorilarning eritmalari, zardoblar va b.)ni sterillaş, daryo va havzalar suvidagi mikroorganizmlarni aniqlaşda foydalaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БАКТЕРИАЛ ФИЛЬТРЛАР - суюқликларни сузиб (фильтрлаб) бактериялар ва бошқа микроорганизмлардан тозалаш учун қўлланиладиган ҳар хил аппаратлар. Улар вакуум таъсирида ишлайди. Шиша, каолин, целлюлозадан тайёрланади. Иситиб бўлмайдиган суюқликлар (дориларнинг эритмалари, зардоблар ва б.)ни стериллаш, дарё ва ҳавзалар сувидаги микроорганизмларни аниқлашда фойдаланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.