Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bakteriostatik moddalar

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 43-b. — ziyouz.com

    Bakteriostatik moddalar (bakteriyalar va yun. stasis — bir joyda turiş, töxtab qoliş), bakteriostatiklar — bakteriyalar va b. mikroorganizmlarning ösişi va rivojlanişini töxtatib qöyadigan moddalar. Antibiotiklar, oğir metallarning ionlari (Ag/ Au3, Hg2, Cu2), ximioterapevtik vositalar (sulfanilamid preparatlar, margimuş preparatlari) va b. B.m.dir. Ular kuçi ta'sir etayotgan moddaning konsentratsiyasiga boğliq. Kam konsentratsiyali bakteritsid moddalar ham bakteriyalarning köpayişini töxtatadi. B. m. tibbiyot, veterinariya va oziq-ovqat sanoatida işlatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БАКТЕРИОСТАТИК МОДДАЛАР (бактериялар ва юн. stasis — бир жойда туриш, тўхтаб қолиш), бактериостатиклар — бактериялар ва б. микроорганизмларнинг ўсиши ва ривожланишини тўхтатиб қўядиган моддалар. Антибиотиклар, оғир металларнинг ионлари (Ag/ Au3, Hg2, Cu2), химиотерапевтик воситалар (сульфаниламид препаратлар, маргимуш препаратлари) ва б. Б.м.дир. Улар кучи таъсир этаётган модданинг концентрациясига боғлиқ. Кам концентрацияли бактерицид моддалар ҳам бактерияларнинг кўпайишини тўхтатади. Б. м. тиббиёт, ветеринария ва озиқ-овқат саноатида ишлатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.