Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Balandlik koordinatasi

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 49-b. — ziyouz.com

    Balandlik koordinatasi BALANDLIK KOORDINATASI, mutlaq balandlik — geodeziyada yer sirtidagi nuqtalarning asos (boşlanğiç) deb qabul qilingan dengiz sathiga nisbatan balandligi (yoki mutlaq belgi). Nivelirlaş yöli b-n aniqlanadi. Özbekistonda Boltiq dengizining örtaça sathi (Kronştadt fut-ştogining noli) ga nisbatan hisoblanadi. Mas: Toşkent ş.ning dengiz sathidan eng baland joyi 515 m bölib, Mirzo Uluğbek tumanidagi «Traktor» avtost-yasi yaqinida, eng past joyi (380 m) Sergeli tumanida, Çirçiq daryosi sohilida.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БАЛАНДЛИК КООРДИНАТАСИ, мутлақ баландлик — геодезияда ер сиртидаги нуқталарнинг асос (бошланғич) деб қабул қилинган денгиз сатҳига нисбатан баландлиги (ёки мутлақ белги). Нивелирлаш йўли б-н аниқланади. Ўзбекистонда Болтиқ денгизининг ўртача сатҳи (Кронштадт фут-штогининг ноли) га нисбатан ҳисобланади. Мас: Тошкент ш.нинг денгиз сатҳидан энг баланд жойи 515 м бўлиб, Мирзо Улуғбек туманидаги «Трактор» автост-яси яқинида, энг паст жойи (380 м) Сергели туманида, Чирчиқ дарёси соҳилида.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.