Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Baliq uni

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 57–58-b. — ziyouz.com

    Baliq uni — baliqdan yoki baliqni konservalaş çiqitlaridan tayyorlanadigan un. B.u. oqsil, kalsiy va fosforga boy bölib, q.x. hayvonlariga beriladi. Tarkibida 50 — 55% oqsil, 10 — 20% yoğ, 30% gaça kalsiy fosfat, 5% gaça oş tuzi va A, V, D vitaminlari bor. B.u. organizmda juda yengil hazm böladi. Şuning uçun birinçi navbatda yoş hayvonlarga, jöjalarga (kundalik yemining 10% miqdorida), tovuqlarga, ba'zan katta yoşdagi hayvonlarga ham beriladi. Sigirga kuniga 1 — 1,5 kg B.u. berilsa, sut va göşt sifati buzilmay, mahsuldorligi oşadi. B.u. Özbekistonda Möynoq baliq konserva z-dida tayyorlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БАЛИҚ УНИ — балиқдан ёки балиқни консервалаш чиқитларидан тайёрланадиган ун. Б.у. оқсил, кальций ва фосфорга бой бўлиб, қ.х. ҳайвонларига берилади. Таркибида 50 — 55% оқсил, 10 — 20% ёғ, 30% гача кальций фосфат, 5% гача ош тузи ва А, В, Д витаминлари бор. Б.у. организмда жуда енгил ҳазм бўлади. Шунинг учун биринчи навбатда ёш ҳайвонларга, жўжаларга (кундалик емининг 10% миқдорида), товуқларга, баъзан катта ёшдаги ҳайвонларга ҳам берилади. Сигирга кунига 1 — 1,5 кг Б.у. берилса, сут ва гўшт сифати бузилмай, маҳсулдорлиги ошади. Б.у. Ўзбекистонда Мўйноқ балиқ консерва з-дида тайёрланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.