Baliqçi-ukki
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 65-b. — ziyouz.com
Baliqçi-ukki (Ketupa reylonensis) — yapaloqquşlar oilasiga mansub quş. Boşining ikki yonida bir tutamdan uzun patlari — «quloqlari» bor. Patlari nozik va naqşdor, oç qönğir rangli. Barmoqpari va uzun kafti patsiz, yalanğoç, tirnoqlari çangal bölib, suvda baliq tutişga moslangan. Jan.-şarqiy Osiyoda tarqalgan. Rossiyaning Uzoq Şarq ölkasida ötroq yaşaydi, lekin juda kam uçraydi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
БАЛИҚЧИ-УККИ (Ketupa reylonensis) — япалоққушлар оиласига мансуб қуш. Бошининг икки ёнида бир тутамдан узун патлари — «қулоқлари» бор. Патлари нозик ва нақшдор, оч қўнғир рангли. Бармоқпари ва узун кафти патсиз, яланғоч, тирноқлари чангал бўлиб, сувда балиқ тутишга мосланган. Жан.-шарқий Осиёда тарқалган. Россиянинг Узоқ Шарқ ўлкасида ўтроқ яшайди, лекин жуда кам учрайди.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.