Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Ballistokardiografiya

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 67-b. — ziyouz.com

    Ballistokardiografiya (yun. ballo — otaman, kardia — yurak va grapho — yozaman) — yurakning gemodinamik faoliyatini tekşiriş usuli. Bunda yurak qisqarişi va qonning yirik tomirlar böylab harakati b-n boğliq holda odam tanasida sodir böladigan mexanik harakatlar qayd qilinadi. Buning uçun maxsus asbob — ballistokardiograf işlatiladi. B.ning umumiy, bevosita, bilvosita va b. xillari bor.

    Ballistokardiograf va harakatlarni yozib oliş çoğida hosil bölgan egri çiziq— ballistokardiogramma (BKG)ga qarab yurak muskulining qay darajada qisqarayotganligi haqida bir fikrga kelinadi. Ballistokardiogrammaning özgarişi yurak faoliyatida biror illat borligini körsatadi, ammo aniq taşhis qöyişga imkon bermaydi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БАЛЛИСТОКАРДИОГРАФИЯ (юн. ballo — отаман, kardia — юрак ва grapho — ёзаман) — юракнинг гемодинамик фаолиятини текшириш усули. Бунда юрак қисқариши ва қоннинг йирик томирлар бўйлаб ҳаракати б-н боғлиқ ҳолда одам танасида содир бўладиган механик ҳаракатлар қайд қилинади. Бунинг учун махсус асбоб — баллистокардиограф ишлатилади. Б.нинг умумий, бевосита, билвосита ва б. хиллари бор.

    Баллистокардиограф ва ҳаракатларни ёзиб олиш чоғида ҳосил бўлган эгри чизиқ— баллистокардиограмма (БКГ)га қараб юрак мускулининг қай даражада қисқараётганлиги ҳақида бир фикрга келинади. Баллистокардиограмманинг ўзгариши юрак фаолиятида бирор иллат борлигини кўрсатади, аммо аниқ ташҳис қўйишга имкон бермайди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.