Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    «Bank axborotnomasi»

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 89–90-b. — ziyouz.com

    «Bank axborotnomasi» («Bankovskiye vedomosti») — Özbekiston Respublikasi bank xodimlari, işbilarmonlari va tadbirkorlarining haftalik gazetasi.

    Muassislari: ÖzR Markaziy banki, Jahon iktisodiyoti va diplomatiya unti, «Zakovat» jamğarmasi. Toşkentda 1995 y. yanv.dan özbek va rus tillarida çiqadi. Özbekiston Respublikasi Markaziy banki va banklar hamda ularning mijozlari faoliyatini yoritadi. Asosan, işbilarmonlik, tijorat xabarlari va reklamalar, maslahatlar, şuningdek bank işiga oid yangi meyoriy qonun hujjatlariga şarhlar beradi. Şarq va Ğarb mamlakatlari, uzoq va yaqin xorij iqtisodiyotining muhim qirralari, Özbekistonning eng yaxşi firmalari va moliya ozori qatnaşçilari va b. haqida materiallar beradi. Adadi har ikki tilda 8 ming nusxadan (2000).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    «БАНК АХБОРОТНОМАСИ» («Банковские ведомости») — Ўзбекистон Республикаси банк ходимлари, ишбилармонлари ва тадбиркорларининг ҳафталик газетаси.

    Муассислари: ЎзР Марказий банки, Жаҳон иктисодиёти ва дипломатия унти, «Заковат» жамғармаси. Тошкентда 1995 й. янв.дан ўзбек ва рус тилларида чиқади. Ўзбекистон Республикаси Марказий банки ва банклар ҳамда уларнинг мижозлари фаолиятини ёритади. Асосан, ишбилармонлик, тижорат хабарлари ва рекламалар, маслаҳатлар, шунингдек банк ишига оид янги меъёрий қонун ҳужжатларига шарҳлар беради. Шарқ ва Ғарб мамлакатлари, узоқ ва яқин хориж иқтисодиётининг муҳим қирралари, Ўзбекистоннинг энг яхши фирмалари ва молия Ьозори қатнашчилари ва б. ҳақида материаллар беради. Адади ҳар икки тилда 8 минг нусхадан (2000).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.