Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bank monopoliyalari

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 90-b. — ziyouz.com

    Bank monopoliyalari - konsentratsiyalaşuv natijasida biror davlatdagi bank işlarining bir neça yirik banklar qölida töplanişi. Moliya kapitali bozoridagi taklifda raqobatning bölmasligi b-n tavsiflanadi. Mas, 1962 y. Angliyada bank kapitali umumiy summasining 90% beş bankka tegişli bölgan, 1968 y. AQŞda rasman mustaqil hisoblanadigan 14 ming bank bölgan, lekin jami bank operatsiyalarining 25% 10 ta yirik tijorat banki hissasiga töğri kelgan, 1995 y.da esa AQŞdagi eng yirik hisoblangan «Çeyz of Manxetten» va «Kemikl» banklari özaro qöşilib ketdi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БАНК МОНОПОЛИЯЛАРИ - концентрациялашув натижасида бирор давлатдаги банк ишларининг бир неча йирик банклар қўлида тўпланиши. Молия капитали бозоридаги таклифда рақобатнинг бўлмаслиги б-н тавсифланади. Мас, 1962 й. Англияда банк капитали умумий суммасининг 90% беш банкка тегишли бўлган, 1968 й. АҚШда расман мустақил ҳисобланадиган 14 минг банк бўлган, лекин жами банк операцияларининг 25% 10 та йирик тижорат банки ҳиссасига тўғри келган, 1995 й.да эса АҚШдаги энг йирик ҳисобланган «Чейз оф Манхэттен» ва «Кэмикл» банклари ўзаро қўшилиб кетди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.