Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bankirlar uyi

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 92-b. — ziyouz.com

    Bankirlar uyi - ayrim bankir yoki bankirlar guruhiga tegişli xususiy bank korxonalari; odatda ma'suliyati çeklanmagan şirkat tarzida faoliyat yuritadi. Ularning köpçiligi moliya guruhlari va bank konsernlariga kirgan böladi. Dastlab Italiyada 14-a.da sudxörlikning rivojlanişi negizida paydo bölgan, savdo va bank operatsiyalarini bajarişga xizmat qilgan. Keyinçalik bank işi b-n şuğullaniş asosiy maşğulotiga aylandi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БАНКИРЛАР УЙИ - айрим банкир ёки банкирлар гуруҳига тегишли хусусий банк корхоналари; одатда маъсулияти чекланмаган ширкат тарзида фаолият юритади. Уларнинг кўпчилиги молия гуруҳлари ва банк концернларига кирган бўлади. Дастлаб Италияда 14-а.да судхўрликнинг ривожланиши негизида пайдо бўлган, савдо ва банк операцияларини бажаришга хизмат қилган. Кейинчалик банк иши б-н шуғулланиш асосий машғулотига айланди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.