Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Banklar

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 92–96-b. — ziyouz.com

    Banklar (lot. ansa — sarrof peştaxtasi) — kreditmoliya muassasalari; asosan, vaqtinça böş pul mablağlarini töplaş, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda beriş, naqd pulsiz hisobkitoblarini amalga oşiriş, pul va turli qimmatbaho qoğozlar çiqariş, oltin va çet el valyutalari b-n boğliq operatsiyalarni bajariş va b. b-n şuğullanadi.

    Bank işining asosiy yönalişlari depozit (omonat) qabul qiliş, kreditlar beriş va mijozlarga kredit-hisob xizmati körsatişni amalga oşiriş hisoblanadi. B. kimmatbaho qoğozlarni saqlaş, saqlaşga ötkazilgan qimmatbaho qoğozlarni joriy boşqariş, birja topşiriqlarini bajariş, seyflarni ijaraga beriş kabi pulli xizmatlar ham körsatadi. Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oşiruviga köra hoz. vaqtda B.ning quyidagi asosiy turlari faoliyat körsatadi: markaziy (emissiya) B. va tijorat B.

    Markaziy B. («banklarningbanki») (Milliy B. va AQŞda Federal rezerv tizimi) mamlakatning jami kredit tizimini nazorat qiladi, davlat pulkredit siyosatini amalga oşiradi, nakd pul va qimmatbaho qoğozlar emissiyasi b-n şuğullanadi, mamlakatning oltinvalyuta zaxiralarini saqlaydi, davlat va tijorat B.ga kreditlar beradi. Tijorat B. öz navbatida universal va ixtisoslaşgan B.ga bölinadi. Ixtisoslaşgan B. investitsiya B., jamğarma (omonat) B., maxsus B., kooperativ B. va b.dan iborat. Tijorat B. universal B. bölib jismoniy va yuridik şaxslarga xilma-xil bank xizmatlari körsatadi (depozitlarni jalb etiş, veksel hisobi, kredit beriş, qimmatbaho qoğozlarni sotiş va sotib oliş). Bu B. bank va kredit tizimining özagini taşkil etadi. Universal B. hamma turdagi asosiy bank harakatlarini amalga oşiradi. Ixtisoslaşgan B. biron-bir faoliyatga, sohaga va tarmoqqa xizmat körsatadi. Investitsiya B., asosan, emissiyata'sisçilik operatsiyalar b-n şuğullanadi va qimmatbaho qoğozlar savdosini ötkazadi. Maxsus B. muayyan mijozlar guruhiga xizmat körsatadi yoki ayrim sohalarda ixtisoslaşadi (jamğarma, savdo, taşqi savdo, ipoteka va b.). Kooperativ B. tovar işlab çiqaruvçilar tomonidan pay asosida barpo etiladi, ta'sisçilarning kredit va bank xizmatlariga bölgan ehtiyojlarini qondiradi. Tarmoq va hududiy prinsiplar böyiça taşkil topadi, tijorat B.ning bir körinişi hisoblanadi.

    Mulk şakliga kura B.ning quyidagi turlari bor: davlat B., davlat iştirokidagi aralaş B., davlatlararo B., xalqaro B., çet el sarmoyasi iştirokidagi B., aksiyadorlik B., Bankirlar uyi, kooperativ B., mahalliy öz-özini boşqariş B., kommunal B., xususiy B. va b.

    B. işining dastlabki belgilari quldorlik jamiyatida paydo bölgan. Ular asosan, savdogarlarning pul b-n boğliq hisobkitob işlarini bajargan jiro-banklar (mijozlar Örtasida hisobkitoblarni naqd pulsiz olib boradigan banklar) şaklida vujudga keldi. Şu b-n bir qatorda maxsus sarrofxonalarda sarroflar pul almaştiriş va yirik pullarni maydasiga almaştirib beriş işlari b-n şuğullangan. B.ning ayrim belgilariga ega bölgan muassasalar örta asrlarda Şim. Italiya şaharlarida, söngra Gollandiya va Germaniyaning savdo markazlarida yuzaga keldi.

    Kapitalizmning vujudga kelişi va rivojlanişi b-n B.ning ahamiyati ortib ketdi. Bank işining hozirgi tamoyillari birinçi bölib 17-a. dan boşlab Angliyada, söngra boşqa mamlakatlarda yuzaga kela boşladi. Şu davrdan boşlab B. kapital va tadbirkorlikni işga solişning maxsus bir sohasiga aylandi. B.ning köpayişi b-n ssuda kapitali kapitalning asosiy şakllaridan biri bölib qoldi. Astasekin B. yiriklaşib, ular bajaradigan operatsiyalar doirasi kengayib bordi. B. muomalaga xususiy veksellar örnida işlatiladigan kredit pullari — banknotlar (bank biletlari) çiqara boşladi. Köpgina mamlakatlarda çeklar b-n amalga oşiriladigan naqd pulsiz hisobkitoblar paydo böldi. Kapitalizmning rivojlanişi b-n kredit va tölovlarda vositaçilik vazifasini bajaradigan muassasalarga talab ortib bordi. B. böş pul vositalarini yiğib, ularni turli muddatlarga ssudaga berdi, ular korxonalarning joriy hisob varağini yuritib, korxonalar örtasida özaro hisobkitoblarni olib bordi. Asta-sekin B. örtasida eng yiriklari paydo böldi. Ayniqsa, 19-a. oxiriga kelib B. işlab çiqarişning konsentratsiyalanişi oqibatida B.ning yiriklaşuvi B. sonini qisqarişiga va bank monopoliyalarining vujudga kelişiga, ular örtasida özaro raqobat kuraşining kuçayişiga sabab böldi. B. tölov va kredit operatsiyalarida vositaçilik qiliş b-n kifoyalanmay, sanoat korxonalari aksiyalarini sotib ola boşladi, ularning xöjaliklari yoki muassislaridan biriga aylandi, yangi korxonalar ta'sis etişda xamkorlik qildi. Yirik B. va sanoat kapitalining birga qöşilib ketişi natijasida moliya kapitali va moliya oligarxiyasi vujudga keldi, bu oligarxiya mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hayotida katta mavqeni egalladi.

    Hoz. davrda köpgina mamlakatlarda köplab (mas, 90-y.lar boşida AQŞda 14,5 mingdan ortiq bank bölgan) B. bölişiga qaramay, ulardan 3—4 tasigina yetakçi örinda turadi. Turli mamlakatlardagi yirik B. nihoyatda sertarmoq bölib, öz mamlakati doirasidagina emas, şu b-n birga jahonning juda köp mamlakatlarida bölim va filiallariga ega. Rivojlangan mamlakatlarda B. iqtisodiyotni boşqariş va rağbatlantiriş muassasasi vazifalarini bajaradi. B. pul kapitalini iqtisodiyotning sohalari va tarmoqlari böyiça taqsimlanişida qatnaşib, fonda normasining tenglaşuvini ta'minlaydi.

    Özbekistonda birinçi bank muassasasi 1875 y. Toşkentda oçilgan Rossiya imperiyasi davlat B.ning filiali bölgan. 19-a.ning oxirida Turkistonda rus kapitali iştirokidagi Örta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, bölim va agentliklari faoliyat olib bordi.

    Oktyabr töntarişidan söng barça B. sovet hokimiyati tomonidan natsionalizatsiya qilindi. Özbekistonda bank tizimi 1924 y.dan boşlab sobiq SSSR bank tizimining tarkibiy qismi sifatida taşkil qilindi. 1992 y.ga qadar SSSR Davlat banki (1923; 1921 - 23 y.larda RSFSR Davlat banki), SSSR Quriliş banki (1959; 1922 — 59 y.larda SSSR Savdo banki), SSSR Taşqi savdo banki (1924)ning Özbekiston idora (kontora)lari respublikadagi bank muassasalari işiga rahbarlik qildi. SSSRning parçalanişiga qadar Özbekistonda mustaqil bank tizimini yaratiş maqsadlarida 1991 y. 15 fev.da Respublika Oliy Kengaşi sessiyasida respublika hududidagi B. Faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berilgan Özbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati töğrisida»gi Qonuni qabul qilindi va şu vaqtdan boşlab respublikaning haqiqiy, mustaqil bank tizimi şakllana boşladi. Sobiq SSSR B.ining respublika idoralari mustaqil B. sifatida ÖzR Markaziy banki tomonidan röyxatga olindi.

    Özbekiston Respublikasi bank tizimini şakllantiriş va rivojlantiriş strategiyasi iqtisodiyotni xöjalik yuritişning bozor şaroitlariga bosqiçmabosqiç ötkaziş dasturiga mos keladi. Ötgan davrda bank islohotlari davomida milliy bank tizimining 2 bosqiçli strukturasi (yuqori bosqiçda — Markaziy bank, quyi bosqiçda — tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; B.ning soni va ular körsatadigan xizmat turlari köpaydi.

    1995 — 96 y.larda bank qonunçiligi yanada takomillaşdi. ÖzRning «Özbekiston Respublikasining Markaziy banki töğrisida»gi (1995 y. 21 dek.) Qonuni bank tizimining huquqiy asoslarini töldiribgina qolmasdan, Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining alohida maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda vakolatlarini ham aniq belgilab berdi. ÖzRning «Banklar va bank faoliyati töğrisida» 1996 yil 25 apr.dagi yangi Qonuni esa tijorat B. faoliyatining barça huquqiy asoslarini xalqaro standartlar darajasida belgilab berdi. Tarkibida Qoraqalpoğiston Respublikasi, 12 viloyat va Toşkent ş. boşqarmalari bölgan Özbekiston Respublikasi Markaziy banki ÖzRning boş banki hisoblanadi (1992 y. sent. gaça sobiq SSSR Davlat bankining Özbekiston bölimi).

    Respublikada bank tizimining quyi bosqiçini payçilik, aksiyadorlik asosida, şuningdek çet el kapitali iştirokida taşkil etilgan B., ularning filial va vakolatxonalari, kooperativ va xususiy B. taşkil etadi.

    Bank sohasini monopoliyadan çiqariş bank islohotlarining eng muhim yönalişlaridan biridir. Dastlabki bosqiçda bu asosan iqtisodiyotning ayrim sohalariga xizmat körsatuvçi ixtisoslaştirilgan B.ni tuziş yöli b-n amalga oşirildi. Ixtisoslaştirilgan B.ning taşkil etilişi bozorga yönaltirilgan bank tizimini yaratiş yölidagi zaruriy va tabiiy bosqiç böldi.

    1995 — 96 y.larda «Asaka» ixtisoslaştirilgan davlataksiyadorlik tijorat banki, «Aloqabank» aksiyadorlik tijorat banki, «Toşkentijtimoiyuyjoybank» aksiyadorlik tijorat banki, «Uzsayohatinvestbank» Özbekiston aksiyadorlik tijorat investitsiya banki va «Zamin» ixtisoslaştirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banklari taşkil etildi. «Özdehqonsanoatbank» aksiyadorlik tijorat banki «Paxtabank» ixtisoslaştirilgan aksiyadorlik tijorat bankiga, «Özjamğarmabank» Xalq bankiga aylantirildi.

    Tijorat B. xalq xöjaligining turli sohalaridagi korxonataşkilotlarini kreditlaş, moliyalaş va ularga hisobkitob xizmati körsatişni amalga oşiradi. Bu B. töla mustaqildir. Ularning aksiyalari turli mulk şakllariga mansub bölgan korxonalar, şuningdek jismoniy şaxslar örtasida taqsimlangan. Tijorat B.ning xususiy zaxiralari yetişmay qolganda ular kredit resurslari bozoridan zarur pul mablağlarini sotib olişlari mumkin.

    ÖzRning barça mintaqalarida 800 ga yaqin filiallarga ega bölgan 35 tijorat B. faoliyat körsatadi, ulardan 5 tasi çet el kapitali iştirokida, 11 tasi xususiy banklardir (2000).

    Xususiy B.ning huquqiy bazasini rivojlantirişda Respublika Prezidentining 1997 y. 24 apr.dagi «Xususiy tijorat banklarini taşkil qilişni rağbatlantiriş çoratadbirlar töğrisida» Farmoni muhim ahamiyatga ega böldi. Farmonga köra, respublika hududida faoliyat körsatayotgan tijorat B. b-n bir qatorda xususiy B. ham taşkil etila boşladi (muassis jismoniy şaxslar hissasi bank Ustav kapitalining kamida 50% ni taşkil etişi lozim). 1998 y.da 5 ta xususiy («Alp Jamol», «Turkiston», «Istiqbol», «XIFbank» va «Öktambank») B.ga bank operatsiyalarini amalga oşiriş uçun dastlabki ruxsatnoma berildi.

    1995 y. 24 okt.da Özbekiston tijorat B. uyuşmasi taşkil topdi (uning tarkibiga xususiy B.lar ham kirgan).

    Respublikada 1992 y.dan «Özbankaudit» — banklararo aksiyadorlik jamiyati şaklida taşkil etilgan auditorlik firmasi iş olib boradi. 1996 y.dan buyon «Özbankaudit» b-n bir qatorda «Deloyt end Tuş» va «Ernst end Yang» kabi 5 ta xalqaro auditorlik konsalting firmalariga hamda «Xolis» guruhi va «Odil audit» mahalliy audit firmalariga ÖzR Markaziy banki tomonidan bank auditi ötkaziş huquqini beruvçi tegişli sertifikatlar berildi. Ular banklar, kredit muassasalari, suğurta kompaniyalari, taşkilot va korxonalarning buyurtmasi b-n ularning moliyaviy-xöjalik faoliyatini tekşiradi (taftiş qiladi), xolisona xulosalar beradi, ekspertizalar ötkazadi.

    Hoz. davrda Özbekistonda çet el B. va xalqaro moliya muassasalari kapitali iştirokida qöşma B. faoliyat körsatadi. Ular jumlasiga Özbekiston — Gollandiya «Özprivatbank» va «ABN Amrobank

    — Özbekiston Milliy banki aksiyadorlik jamiyati», Özbekiston — Turkiya «ÖTbank», Özbekiston — Jan. Koreya «ÖzDEUbank» kiradi. 13 ta çet el banki Toşkentda öz vakolatxonasini oçgan. Bular katorida Doyçe bank, Berliner Bank, Meybank (Malayziya), Kredit Sviss (Şveysariya), «Kredi Kommersial de Frans», «Sosyete Jeneral» (Fransiya), Pokiston Milliy banki, Çeyz Manxetten (AQŞ), «Rossiyskiy kredit» va «Sakura bank LTD» (Yaponiya) banklari bor.

    Özbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalqaro valyuta fondi va Jahon bankning doimiy maslahatçilari xizmatidan foydalanadi.

    2000 y. 1 yanv.da Özbekiston Respublikasi banklari tomonidan mijozlarga 529 mlrd. sömlik kredit qöyilmalari ajratilib, şundan 237 mlrd. sömi qisqa muddatli, 292 mlrd. sömi örta va uzoq muddatli kreditlarni taşkil etdi. Örtaça foiz stavkasi qisqa muddatli kreditlar böyiça 33,7%, örta muddatli kreditlar böyiça 23%, uzoq muddatli kreditlar böyiça 13% dan iborat böldi.

    Fayzulla Mumajonov.

    BANKmolIYA AKADEMIYASI, BMA — ÖzRda iqgisodiyot sohasida magistrlar tayyorlovçi oliy öquv yurti, Özbekiston Banklar uyuşmasiga qaraydi. 1996 yil 2 mayda Toşkent ş.da taşkil etilgan, BMA Respublika bankmoliya tizimi uçun jahon talablari darajasida mutaxassislar tayyorlaydi. BMAda bank işi; moliya; soliq va soliqqa tortiş; bankmoliya xodimlarining malaka oşiriş f-tlari bor. Akademiyaga 2 yillik amaliy iş stajiga ega bölgan bakalavr mutaxassislar tanlov asosida qabul qilinadi. 1997 — 98 ylarda akademiyaga 153 kişi qabul qilingan. Akademiyada 11 kafedra bölib, 19 prof.-öqituvçilar, jumladan, 5 fan dri, prof., 11 fan nomzodi, dotsent işladi (2000). Akademiya «Bank işi», «Moliyani boşqariş», «Soliq işi» mutaxassisligi böyiça magistr unvoni beradi. 2000 yil akademiyani 92 kişi bitirib çiqdi, ulardan 91 kişi dissertatsiya yoqlab magistr unvonini oldi.

    BMA tarkibidagi Ilmiy markazda ÖzR bank işi va pul tizimini rivojlantiriş; respublika umumiy va mintaqaviy moliya bozorini kompleks va uyğun rivojlantiriş hamda uni xalqaro moliya bozori tizimiga bosqiçmabosqiç kirib borişi; bank va moliya mexanizmining huquqiy va meyoriy asoslarini takomillaştiriş yunalişlarida nazariy va amaliy ahamiyatga molik i. t. işlari olib boradi. BMA xorijdagi yetakçi un-tlar, ilmiy markazlar, yirik banklar, moliya kompaniyalari, xalqaro moliya in-tlari b-n aloqa örnatgan, ularning mutaxassislari bu yerda dars beradi. BMA kutubxonasida 20 ming jidddan iborat nodir asarlar bor (1998). BMA xalqaro «Reyter» axborot tizimiga qöşilgan.

    Mirsobit Oçilov.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БАНКЛАР (лот. Ьаnса — сарроф пештахтаси) — кредитмолия муассасалари; асосан, вақтинча бўш пул маблағларини тўплаш, корхоналарга ва умуман пулга муҳтожларга кредит, ссуда бериш, нақд пулсиз ҳисобкитобларини амалга ошириш, пул ва турли қимматбаҳо қоғозлар чиқариш, олтин ва чет эл валюталари б-н боғлиқ операцияларни бажариш ва б. б-н шуғулланади.

    Банк ишининг асосий йўналишлари депозит (омонат) қабул қилиш, кредитлар бериш ва мижозларга кредит-ҳисоб хизмати кўрсатишни амалга ошириш ҳисобланади. Б. кимматбаҳо қоғозларни сақлаш, сақлашга ўтказилган қимматбаҳо қоғозларни жорий бошқариш, биржа топшириқларини бажариш, сейфларни ижарага бериш каби пулли хизматлар ҳам кўрсатади. Турли иқтисодий хизматларни амалга оширувига кўра ҳоз. вақтда Б.нинг қуйидаги асосий турлари фаолият кўрсатади: марказий (эмиссия) Б. ва тижорат Б.

    Марказий Б. («банкларнингбанки») (Миллий Б. ва АҚШда Федерал резерв тизими) мамлакатнинг жами кредит тизимини назорат қилади, давлат пулкредит сиёсатини амалга оширади, накд пул ва қимматбаҳо қоғозлар эмиссияси б-н шуғулланади, мамлакатнинг олтинвалюта захираларини сақлайди, давлат ва тижорат Б.га кредитлар беради. Тижорат Б. ўз навбатида универсал ва ихтисослашган Б.га бўлинади. Ихтисослашган Б. инвестиция Б., жамғарма (омонат) Б., махсус Б., кооператив Б. ва б.дан иборат. Тижорат Б. универсал Б. бўлиб жисмоний ва юридик шахсларга хилма-хил банк хизматлари кўрсатади (депозитларни жалб этиш, вексель ҳисоби, кредит бериш, қимматбаҳо қоғозларни сотиш ва сотиб олиш). Бу Б. банк ва кредит тизимининг ўзагини ташкил этади. Универсал Б. ҳамма турдаги асосий банк ҳаракатларини амалга оширади. Ихтисослашган Б. бирон-бир фаолиятга, соҳага ва тармоққа хизмат кўрсатади. Инвестиция Б., асосан, эмиссиятаъсисчилик операциялар б-н шуғулланади ва қимматбаҳо қоғозлар савдосини ўтказади. Махсус Б. муайян мижозлар гуруҳига хизмат кўрсатади ёки айрим соҳаларда ихтисослашади (жамғарма, савдо, ташқи савдо, ипотека ва б.). Кооператив Б. товар ишлаб чиқарувчилар томонидан пай асосида барпо этилади, таъсисчиларнинг кредит ва банк хизматларига бўлган эҳтиёжларини қондиради. Тармоқ ва ҳудудий принциплар бўйича ташкил топади, тижорат Б.нинг бир кўриниши ҳисобланади.

    Мулк шаклига кура Б.нинг қуйидаги турлари бор: давлат Б., давлат иштирокидаги аралаш Б., давлатлараро Б., халқаро Б., чет эл сармояси иштирокидаги Б., акциядорлик Б., Банкирлар уйи, кооператив Б., маҳаллий ўз-ўзини бошқариш Б., коммунал Б., хусусий Б. ва б.

    Б. ишининг дастлабки белгилари қулдорлик жамиятида пайдо бўлган. Улар асосан, савдогарларнинг пул б-н боғлиқ ҳисобкитоб ишларини бажарган жиро-банклар (мижозлар Ўртасида ҳисобкитобларни нақд пулсиз олиб борадиган банклар) шаклида вужудга келди. Шу б-н бир қаторда махсус саррофхоналарда саррофлар пул алмаштириш ва йирик пулларни майдасига алмаштириб бериш ишлари б-н шуғулланган. Б.нинг айрим белгиларига эга бўлган муассасалар ўрта асрларда Шим. Италия шаҳарларида, сўнгра Голландия ва Германиянинг савдо марказларида юзага келди.

    Капитализмнинг вужудга келиши ва ривожланиши б-н Б.нинг аҳамияти ортиб кетди. Банк ишининг ҳозирги тамойиллари биринчи бўлиб 17-а. дан бошлаб Англияда, сўнгра бошқа мамлакатларда юзага кела бошлади. Шу даврдан бошлаб Б. капитал ва тадбиркорликни ишга солишнинг махсус бир соҳасига айланди. Б.нинг кўпайиши б-н ссуда капитали капиталнинг асосий шаклларидан бири бўлиб қолди. Астасекин Б. йириклашиб, улар бажарадиган операциялар доираси кенгайиб борди. Б. муомалага хусусий векселлар ўрнида ишлатиладиган кредит пуллари — банкнотлар (банк билетлари) чиқара бошлади. Кўпгина мамлакатларда чеклар б-н амалга ошириладиган нақд пулсиз ҳисобкитоблар пайдо бўлди. Капитализмнинг ривожланиши б-н кредит ва тўловларда воситачилик вазифасини бажарадиган муассасаларга талаб ортиб борди. Б. бўш пул воситаларини йиғиб, уларни турли муддатларга ссудага берди, улар корхоналарнинг жорий ҳисоб варағини юритиб, корхоналар ўртасида ўзаро ҳисобкитобларни олиб борди. Аста-секин Б. ўртасида энг йириклари пайдо бўлди. Айниқса, 19-а. охирига келиб Б. ишлаб чиқаришнинг концентрацияланиши оқибатида Б.нинг йириклашуви Б. сонини қисқаришига ва банк монополияларининг вужудга келишига, улар ўртасида ўзаро рақобат курашининг кучайишига сабаб бўлди. Б. тўлов ва кредит операцияларида воситачилик қилиш б-н кифояланмай, саноат корхоналари акцияларини сотиб ола бошлади, уларнинг хўжаликлари ёки муассисларидан бирига айланди, янги корхоналар таъсис этишда хамкорлик қилди. Йирик Б. ва саноат капиталининг бирга қўшилиб кетиши натижасида молия капитали ва молия олигархияси вужудга келди, бу олигархия мамлакатларнинг иқтисодий ва сиёсий ҳаётида катта мавқени эгаллади.

    Ҳоз. даврда кўпгина мамлакатларда кўплаб (мас, 90-й.лар бошида АҚШда 14,5 мингдан ортиқ банк бўлган) Б. бўлишига қарамай, улардан 3—4 тасигина етакчи ўринда туради. Турли мамлакатлардаги йирик Б. ниҳоятда сертармоқ бўлиб, ўз мамлакати доирасидагина эмас, шу б-н бирга жаҳоннинг жуда кўп мамлакатларида бўлим ва филиалларига эга. Ривожланган мамлакатларда Б. иқтисодиётни бошқариш ва рағбатлантириш муассасаси вазифаларини бажаради. Б. пул капиталини иқтисодиётнинг соҳалари ва тармоқлари бўйича тақсимланишида қатнашиб, фонда нормасининг тенглашувини таъминлайди.

    Ўзбекистонда биринчи банк муассасаси 1875 й. Тошкентда очилган Россия империяси давлат Б.нинг филиали бўлган. 19-а.нинг охирида Туркистонда рус капитали иштирокидаги Ўрта Осиё акциядорлик банки (1881), Волгакама банки (1893), Рус-Хитой (Рус-Осиё) банки (1903), Азов-Дон савдо банки (1910), Нижний Новгород-Самара банки (1899), Полтава Ер банки (1901)нинг филиал, бўлим ва агентликлари фаолият олиб борди.

    Октябрь тўнтаришидан сўнг барча Б. совет ҳокимияти томонидан национализация қилинди. Ўзбекистонда банк тизими 1924 й.дан бошлаб собиқ СССР банк тизимининг таркибий қисми сифатида ташкил қилинди. 1992 й.га қадар СССР Давлат банки (1923; 1921 - 23 й.ларда РСФСР Давлат банки), СССР Қурилиш банки (1959; 1922 — 59 й.ларда СССР Савдо банки), СССР Ташқи савдо банки (1924)нинг Ўзбекистон идора (контора)лари республикадаги банк муассасалари ишига раҳбарлик қилди. СССРнинг парчаланишига қадар Ўзбекистонда мустақил банк тизимини яратиш мақсадларида 1991 й. 15 фев.да Республика Олий Кенгаши сессиясида республика ҳудудидаги Б. Фаолиятининг ҳуқуқий асослари белгилаб берилган Ўзбекистон Республикасининг «Банклар ва банк фаолияти тўғрисида»ги Қонуни қабул қилинди ва шу вақтдан бошлаб республиканинг ҳақиқий, мустақил банк тизими шакллана бошлади. Собиқ СССР Б.ининг республика идоралари мустақил Б. сифатида ЎзР Марказий банки томонидан рўйхатга олинди.

    Ўзбекистон Республикаси банк тизимини шакллантириш ва ривожлантириш стратегияси иқтисодиётни хўжалик юритишнинг бозор шароитларига босқичмабосқич ўтказиш дастурига мос келади. Ўтган даврда банк ислоҳотлари давомида миллий банк тизимининг 2 босқичли структураси (юқори босқичда — Марказий банк, қуйи босқичда — тижорат банклари) ҳуқуқий жиҳатдан мустаҳкамланди; Б.нинг сони ва улар кўрсатадиган хизмат турлари кўпайди.

    1995 — 96 й.ларда банк қонунчилиги янада такомиллашди. ЎзРнинг «Ўзбекистон Республикасининг Марказий банки тўғрисида»ги (1995 й. 21 дек.) Қонуни банк тизимининг ҳуқуқий асосларини тўлдирибгина қолмасдан, Ўзбекистон Республикаси Марказий банкининг алоҳида мақоми, мақсадлари, вазифалари ҳамда ваколатларини ҳам аниқ белгилаб берди. ЎзРнинг «Банклар ва банк фаолияти тўғрисида» 1996 йил 25 апр.даги янги Қонуни эса тижорат Б. фаолиятининг барча ҳуқуқий асосларини халқаро стандартлар даражасида белгилаб берди. Таркибида Қорақалпоғистон Республикаси, 12 вилоят ва Тошкент ш. бошқармалари бўлган Ўзбекистон Республикаси Марказий банки ЎзРнинг бош банки ҳисобланади (1992 й. сент. гача собиқ СССР Давлат банкининг Ўзбекистон бўлими).

    Республикада банк тизимининг қуйи босқичини пайчилик, акциядорлик асосида, шунингдек чет эл капитали иштирокида ташкил этилган Б., уларнинг филиал ва ваколатхоналари, кооператив ва хусусий Б. ташкил этади.

    Банк соҳасини монополиядан чиқариш банк ислоҳотларининг энг муҳим йўналишларидан биридир. Дастлабки босқичда бу асосан иқтисодиётнинг айрим соҳаларига хизмат кўрсатувчи ихтисослаштирилган Б.ни тузиш йўли б-н амалга оширилди. Ихтисослаштирилган Б.нинг ташкил этилиши бозорга йўналтирилган банк тизимини яратиш йўлидаги зарурий ва табиий босқич бўлди.

    1995 — 96 й.ларда «Асака» ихтисослаштирилган давлатакциядорлик тижорат банки, «Алоқабанк» акциядорлик тижорат банки, «Тошкентижтимоийуйжойбанк» акциядорлик тижорат банки, «Узсаёҳатинвестбанк» Ўзбекистон акциядорлик тижорат инвестиция банки ва «Замин» ихтисослаштирилган давлат-акциядорлик ипотека банклари ташкил этилди. «Ўздеҳқонсаноатбанк» акциядорлик тижорат банки «Пахтабанк» ихтисослаштирилган акциядорлик тижорат банкига, «Ўзжамғармабанк» Халқ банкига айлантирилди.

    Тижорат Б. халқ хўжалигининг турли соҳаларидаги корхонаташкилотларини кредитлаш, молиялаш ва уларга ҳисобкитоб хизмати кўрсатишни амалга оширади. Бу Б. тўла мустақилдир. Уларнинг акциялари турли мулк шаклларига мансуб бўлган корхоналар, шунингдек жисмоний шахслар ўртасида тақсимланган. Тижорат Б.нинг хусусий захиралари етишмай қолганда улар кредит ресурслари бозоридан зарур пул маблағларини сотиб олишлари мумкин.

    ЎзРнинг барча минтақаларида 800 га яқин филиалларга эга бўлган 35 тижорат Б. фаолият кўрсатади, улардан 5 таси чет эл капитали иштирокида, 11 таси хусусий банклардир (2000).

    Хусусий Б.нинг ҳуқуқий базасини ривожлантиришда Республика Президентининг 1997 й. 24 апр.даги «Хусусий тижорат банкларини ташкил қилишни рағбатлантириш чоратадбирлар тўғрисида» Фармони муҳим аҳамиятга эга бўлди. Фармонга кўра, республика ҳудудида фаолият кўрсатаётган тижорат Б. б-н бир қаторда хусусий Б. ҳам ташкил этила бошлади (муассис жисмоний шахслар ҳиссаси банк Устав капиталининг камида 50% ни ташкил этиши лозим). 1998 й.да 5 та хусусий («Алп Жамол», «Туркистон», «Истиқбол», «ХИФбанк» ва «Ўктамбанк») Б.га банк операцияларини амалга ошириш учун дастлабки рухсатнома берилди.

    1995 й. 24 окт.да Ўзбекистон тижорат Б. уюшмаси ташкил топди (унинг таркибига хусусий Б.лар ҳам кирган).

    Республикада 1992 й.дан «Ўзбанкаудит» — банклараро акциядорлик жамияти шаклида ташкил этилган аудиторлик фирмаси иш олиб боради. 1996 й.дан буён «Ўзбанкаудит» б-н бир қаторда «Делойт энд Туш» ва «Эрнст энд Янг» каби 5 та халқаро аудиторлик консалтинг фирмаларига ҳамда «Холис» гуруҳи ва «Одил аудит» маҳаллий аудит фирмаларига ЎзР Марказий банки томонидан банк аудити ўтказиш ҳуқуқини берувчи тегишли сертификатлар берилди. Улар банклар, кредит муассасалари, суғурта компаниялари, ташкилот ва корхоналарнинг буюртмаси б-н уларнинг молиявий-хўжалик фаолиятини текширади (тафтиш қилади), холисона хулосалар беради, экспертизалар ўтказади.

    Ҳоз. даврда Ўзбекистонда чет эл Б. ва халқаро молия муассасалари капитали иштирокида қўшма Б. фаолият кўрсатади. Улар жумласига Ўзбекистон — Голландия «Ўзприватбанк» ва «АБН Амробанк

    — Ўзбекистон Миллий банки акциядорлик жамияти», Ўзбекистон — Туркия «ЎТбанк», Ўзбекистон — Жан. Корея «ЎзДЭУбанк» киради. 13 та чет эл банки Тошкентда ўз ваколатхонасини очган. Булар каторида Дойче банк, Берлинер Банк, Мейбанк (Малайзия), Кредит Свисс (Швейцария), «Креди Коммерсиаль де Франс», «Сосьете Женераль» (Франция), Покистон Миллий банки, Чейз Манхэттен (АҚШ), «Российский кредит» ва «Сакура банк ЛТД» (Япония) банклари бор.

    Ўзбекистон Республикаси Марказий банки Халқаро валюта фонди ва Жаҳон банкнинг доимий маслаҳатчилари хизматидан фойдаланади.

    2000 й. 1 янв.да Ўзбекистон Республикаси банклари томонидан мижозларга 529 млрд. сўмлик кредит қўйилмалари ажратилиб, шундан 237 млрд. сўми қисқа муддатли, 292 млрд. сўми ўрта ва узоқ муддатли кредитларни ташкил этди. Ўртача фоиз ставкаси қисқа муддатли кредитлар бўйича 33,7%, ўрта муддатли кредитлар бўйича 23%, узоқ муддатли кредитлар бўйича 13% дан иборат бўлди.

    Файзулла Мумажонов.

    БАНКмолИЯ АКАДЕМИЯСИ, БМА — ЎзРда иқгисодиёт соҳасида магистрлар тайёрловчи олий ўқув юрти, Ўзбекистон Банклар уюшмасига қарайди. 1996 йил 2 майда Тошкент ш.да ташкил этилган, БМА Республика банкмолия тизими учун жаҳон талаблари даражасида мутахассислар тайёрлайди. БМАда банк иши; молия; солиқ ва солиққа тортиш; банкмолия ходимларининг малака ошириш ф-тлари бор. Академияга 2 йиллик амалий иш стажига эга бўлган бакалавр мутахассислар танлов асосида қабул қилинади. 1997 — 98 йларда академияга 153 киши қабул қилинган. Академияда 11 кафедра бўлиб, 19 проф.-ўқитувчилар, жумладан, 5 фан дри, проф., 11 фан номзоди, доцент ишлади (2000). Академия «Банк иши», «Молияни бошқариш», «Солиқ иши» мутахассислиги бўйича магистр унвони беради. 2000 йил академияни 92 киши битириб чиқди, улардан 91 киши диссертация ёқлаб магистр унвонини олди.

    БМА таркибидаги Илмий марказда ЎзР банк иши ва пул тизимини ривожлантириш; республика умумий ва минтақавий молия бозорини комплекс ва уйғун ривожлантириш ҳамда уни халқаро молия бозори тизимига босқичмабосқич кириб бориши; банк ва молия механизмининг ҳуқуқий ва меъёрий асосларини такомиллаштириш йуналишларида назарий ва амалий аҳамиятга молик и. т. ишлари олиб боради. БМА хориждаги етакчи ун-тлар, илмий марказлар, йирик банклар, молия компаниялари, халқаро молия ин-тлари б-н алоқа ўрнатган, уларнинг мутахассислари бу ерда дарс беради. БМА кутубхонасида 20 минг жидддан иборат нодир асарлар бор (1998). БМА халқаро «Рейтер» ахборот тизимига қўшилган.

    Мирсобит Очилов.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.