Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Baqiroqsoy

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 160–161-b. — ziyouz.com

    Baqiroqsoy — Toşkent viloyati Böstonliq tumanidagi soy. Oygaing daryosining çap irmoği. Piskom toğ tizmasining yoğin köp yoğadigan va abadiy qor hamda muzliklari bölgan ğarbiy yon bağridan boşlanadi. Uz. 12 km, havzasining mayd. 49 km2. B.da suv may — iyun oylarida köpayadi. Örtaça yillik suv sarfi 1,7 m3/sek.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БАҚИРОҚСОЙ — Тошкент вилояти Бўстонлиқ туманидаги сой. Ойгаинг дарёсининг чап ирмоғи. Писком тоғ тизмасининг ёғин кўп ёғадиган ва абадий қор ҳамда музликлари бўлган ғарбий ён бағридан бошланади. Уз. 12 км, ҳавзасининг майд. 49 км2. Б.да сув май — июнь ойларида кўпаяди. Ўртача йиллик сув сарфи 1,7 м3/сек.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.