Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bar

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 100–101-b. — ziyouz.com

    Bar (ing. bar — tösiq) — dengizning qirğoqqa yaqin qismida unga paralel çözilgan, qum yoki çiğanoqlar töplamidan hosil bölgan kambar tösiq, quruqlik. Tölqin keltirmalaridan hosil böladi. Ba'zan yuzlab km.ga çöziladi. B. köpinça egik marza şaklida bölib, qavariq qismi dengiz yoki qirğoq tomonga qaragan böladi. Dengizning çekka qismini ajratib qöyib, qöltiq va köllar hosil qiladi. Daryolar quyiladigan joydagi suv osti qum tösiği ham B. deyiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БАР (инг. bar — тўсиқ) — денгизнинг қирғоққа яқин қисмида унга паралел чўзилган, қум ёки чиғаноқлар тўпламидан ҳосил бўлган камбар тўсиқ, қуруқлик. Тўлқин келтирмаларидан ҳосил бўлади. Баъзан юзлаб км.га чўзилади. Б. кўпинча эгик марза шаклида бўлиб, қавариқ қисми денгиз ёки қирғоқ томонга қараган бўлади. Денгизнинг чекка қисмини ажратиб қўйиб, қўлтиқ ва кўллар ҳосил қилади. Дарёлар қуйиладиган жойдаги сув ости қум тўсиғи ҳам Б. дейилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.