Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    «Barbarossa» rejasi

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 106-b. — ziyouz.com

    «Barbarossa» rejasi («Barbarossa Fall») — faşistlar Germaniyasining sobiq Sovet Ittifoqiga qarşi uruş oçiş rejasining şartli nomi. 1940 y. 21 avg.dan boşlab işlab çiqilib, şu yil 18 dek. da tasdiqlangan. Unda Dnepr va Ğarbiy Dvina daryolaridan ğarbroqdagi hududda Qizil Armiyaning asosiy kuçlarini yaşin tezligida tormor qilib, Arxangelsk-Volga-Astraxon çiziğiga çiqiş, 2 — 3 oy içida uruşda ğalaba qozoniş möljallangan edi. Sobiq Ittifoq xalqlarining jasoratlari va behisob qurbonlari evaziga «B.» r. barbod böldi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    «БАРБАРОССА» РЕЖАСИ («Barbarossa Fall») — фашистлар Германиясининг собиқ Совет Иттифоқига қарши уруш очиш режасининг шартли номи. 1940 й. 21 авг.дан бошлаб ишлаб чиқилиб, шу йил 18 дек. да тасдиқланган. Унда Днепр ва Ғарбий Двина дарёларидан ғарброқдаги ҳудудда Қизил Армиянинг асосий кучларини яшин тезлигида тормор қилиб, Архангельск-Волга-Астрахон чизиғига чиқиш, 2 — 3 ой ичида урушда ғалаба қозониш мўлжалланган эди. Собиқ Иттифоқ халқларининг жасоратлари ва беҳисоб қурбонлари эвазига «Б.» р. барбод бўлди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.