Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Barda

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 113–114-b. — ziyouz.com

    Barda (fors.) — asir, qul, xizmatkor. Örta asrlarda Daşti Qipçoq köçmançilari özaro uruşlarda hamda Movarounnahr va Xorazmning ötroq tumanlariga qilingan talonçilik yurişlarida asir olingan kişilarni öz yurtlariga olib borib qul qilar, sotib yuborar yoki öz xöjaliklarida (badavlat kişilar) işlatar edilar. Asir olinib, sotib yuborilgan yoki qulga aylantirilgan ana şunday kişilar B. deb atalgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БАРДА (форс.) — асир, қул, хизматкор. Ўрта асрларда Дашти Қипчоқ кўчманчилари ўзаро урушларда ҳамда Мовароуннаҳр ва Хоразмнинг ўтроқ туманларига қилинган талончилик юришларида асир олинган кишиларни ўз юртларига олиб бориб қул қилар, сотиб юборар ёки ўз хўжаликларида (бадавлат кишилар) ишлатар эдилар. Асир олиниб, сотиб юборилган ёки қулга айлантирилган ана шундай кишилар Б. деб аталган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.