Barguzin soyligi
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 113-b. — ziyouz.com
Barguzin soyligi - Baykal böyi toğlari orasidagi soylik. Barguzin daryosining örta oqimida. Barguzin va Ikat tizmalari orasida (Buryatiya Respublikasi). Uz. 200 km, eni 15 — 35 km; tubi dengiz sathidan 470 — 600 m balandda, asosan tekislik bölib, unda-bunda qirlar uçraydi. B. s.ning daşt qismidagi yerlar ekinzorlarga aylantirilgan, örmonli daşt va qarağayzorlar ham bor. Daştlardan yaylov sifatida foydalaniladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
БАРГУЗИН СОЙЛИГИ - Байкал бўйи тоғлари орасидаги сойлик. Баргузин дарёсининг ўрта оқимида. Баргузин ва Икат тизмалари орасида (Бурятия Республикаси). Уз. 200 км, эни 15 — 35 км; туби денгиз сатҳидан 470 — 600 м баландда, асосан текислик бўлиб, унда-бунда қирлар учрайди. Б. с.нинг дашт қисмидаги ерлар экинзорларга айлантирилган, ўрмонли дашт ва қарағайзорлар ҳам бор. Даштлардан яйлов сифатида фойдаланилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.