Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    «Barkleys bank»

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 121-b. — ziyouz.com

    «Barkleys bank» («Barklays Bank») — Buyuk Britaniyadagi yirik tijorat banki. 1694 y.da Bankirlar uyi sifatida taşkil etilgan. 1869 y.dan «Barkley end kompani» nomi b-n yuritilgan. Angliya banklarining «katta törtligi»ga kiradi. Mamlakatda 2900 bölimi va agentligi işlaydi, 80 xorijiy mamlakatda 2 mingdan ortiq bölimlari va şö'ba kompaniyalari bor (Afrika, Örta Şarq, Lotin Amerikasi, AQŞ, GFR, Belgiya va b. mamlakatlarda).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    «БАРКЛЕЙС БАНК» («Barklays Bank») — Буюк Британиядаги йирик тижорат банки. 1694 й.да Банкирлар уйи сифатида ташкил этилган. 1869 й.дан «Барклей энд компани» номи б-н юритилган. Англия банкларининг «катта тўртлиги»га киради. Мамлакатда 2900 бўлими ва агентлиги ишлайди, 80 хорижий мамлакатда 2 мингдан ортиқ бўлимлари ва шўъба компаниялари бор (Африка, Ўрта Шарқ, Лотин Америкаси, АҚШ, ГФР, Бельгия ва б. мамлакатларда).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.