Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Barreter

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 130–131-b. — ziyouz.com

    Barreter (ing. barretter — özgartirmoq) — elektron va ion asboblarida tokni barqarorlaştiradigan moslama. Temir simdan tayyorlanadi va vodorod b-n töldirilgan berk şişa ballonga joylaştiriladi. B. işlaganda simi 200 — 600° gaça qiziydi. Zanjirdagi kuçlaniş ortsa, unga mutanosib holda simning qarşiligi ham ortadi, natijada tok kuçi özgarmaydi. B. özgaruvçan va özgarmas tok zanjirlarida işlatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БАРРЕТЕР (инг. barretter — ўзгартирмоқ) — электрон ва ион асбобларида токни барқарорлаштирадиган мослама. Темир симдан тайёрланади ва водород б-н тўлдирилган берк шиша баллонга жойлаштирилади. Б. ишлаганда сими 200 — 600° гача қизийди. Занжирдаги кучланиш ортса, унга мутаносиб ҳолда симнинг қаршилиги ҳам ортади, натижада ток кучи ўзгармайди. Б. ўзгарувчан ва ўзгармас ток занжирларида ишлатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.