Batun piyozi
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 145–146-b. — ziyouz.com
Batun piyozi (Allium fi stulosum L.) — köp yillik sabzavot ekini. Boş piyoz hosil qilmaydigan, asosan, barrasi (bargi) uçun ekiladigan piyoz turi. Vatani Xitoy va Mongoliya. Bir joyda 3—4 yil ösadi. Bargi 25 — 30 sm ga yetganda yiğiştirib olinadi. Hosiddorligi 300 s/ga. Tarkibida S vitamini köp. Kök holida iste'mol etiladi. Uruği va baçkidan köpaytiriladi. Özbekistonda barra piyoz sifatida ekiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
БАТУН ПИЁЗИ (Allium fi stulosum L.) — кўп йиллик сабзавот экини. Бош пиёз ҳосил қилмайдиган, асосан, барраси (барги) учун экиладиган пиёз тури. Ватани Хитой ва Монголия. Бир жойда 3—4 йил ўсади. Барги 25 — 30 см га етганда йиғиштириб олинади. Ҳосиддорлиги 300 ц/га. Таркибида С витамини кўп. Кўк ҳолида истеъмол этилади. Уруғи ва бачкидан кўпайтирилади. Ўзбекистонда барра пиёз сифатида экилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.