Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    «Bayer»

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 30–31-b. — ziyouz.com

    «Bayer» — Germaniyadagi kimyo kompaniyasi, 1863 y.da taşkil topgan. 1992 y.gaça Germaniyaning «I. G. Farbenindustri» kimyo konserni tarkibiga kirgan. Öğitlar, ösimliklarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qiliş vositalari, uruğlik dorilanadigan preparatlar va b. mahsulotlar işlab çiqaradi, agrokimyoviy xizmat körsatadi. Jahondagi 150 dan ortiq mamlakatlar b-n hamkorlik qiladi. 1992 y.dan Özbekistonda vakolatxonasi oçilgan. Aylanma kapitali 48,6 mlrd. marka, 141 ming işçi-xizmatçi işlaydi (1997).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    «БАЙЕР» — Германиядаги кимё компанияси, 1863 й.да ташкил топган. 1992 й.гача Германиянинг «И. Г. Фарбениндустри» кимё концерни таркибига кирган. Ўғитлар, ўсимликларни зараркунандалар ва касалликлардан ҳимоя қилиш воситалари, уруғлик дориланадиган препаратлар ва б. маҳсулотлар ишлаб чиқаради, агрокимёвий хизмат кўрсатади. Жаҳондаги 150 дан ортиқ мамлакатлар б-н ҳамкорлик қилади. 1992 й.дан Ўзбекистонда ваколатхонаси очилган. Айланма капитали 48,6 млрд. марка, 141 минг ишчи-хизматчи ишлайди (1997).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.