Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bazal konglomerat

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 25-b. — ziyouz.com

    Bazal konglomerat (geol.) -dengiz transgressiyasi (quruqlikning dengiz suvi bosişi) natijasida hosil bölgan çökindi toğ jinslarining ostki qismida uçraydigan sementlaşgan şağal. Tarkibida qum, loy, temir oksidi yoki kremniy böladi. B.k. yordamida turli davr qatlamlari bir-biridan yoş jihatidan farqlanadi (yana q. Konglomerat).

    Q.: Konglomerat

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БАЗАЛ КОНГЛОМЕРАТ (геол.) -денгиз трансгрессияси (қуруқликнинг денгиз суви босиши) натижасида ҳосил бўлган чўкинди тоғ жинсларининг остки қисмида учрайдиган цементлашган шағал. Таркибида қум, лой, темир оксиди ёки кремний бўлади. Б.к. ёрдамида турли давр қатламлари бир-биридан ёш жиҳатидан фарқланади (яна қ. Конгломерат).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.