Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bazitlar

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 28-b. — ziyouz.com

    Bazitlar — asosli magmatik toğ jinslari. Tarkibida kremniy oksidi 50 — 55% dan oşmaydi, ammo A1, Sa, Fe, Mg köp. Kvars yöq. Gabbrobazalt turkumiga mansub toğ jinslarining umumiy nomi. Özbekistonda Quljuqtoğ, Tomdi, Sulton Uvays, Hisor toğlarida uçraydi. Mis, nikel, kobalt va b. foydali qazilma konlari B. tarqalgan hududlarda böladi. B.dan tayyorlangan bezak koşinçalari imorat devorlarini pardozlaşda, koşinkorlikda işlatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БАЗИТЛАР — асосли магматик тоғ жинслари. Таркибида кремний оксиди 50 — 55% дан ошмайди, аммо А1, Са, Fe, Mg кўп. Кварц йўқ. Габбробазальт туркумига мансуб тоғ жинсларининг умумий номи. Ўзбекистонда Қулжуқтоғ, Томди, Султон Увайс, Ҳисор тоғларида учрайди. Мис, никель, кобалт ва б. фойдали қазилма конлари Б. тарқалган ҳудудларда бўлади. Б.дан тайёрланган безак кошинчалари иморат деворларини пардозлашда, кошинкорликда ишлатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.