Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bedona tut

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 190-b. — ziyouz.com

    Bedona tut — tutsimonlar oilasi (tutdoşlar)ga mansub daraxt. Mevasi oq, şirin, uruğsiz. Bargi ipak qurtiga yediriladigan «Vodil» va «Xoruğ» xillari tarqalgan. «Vodil», asosan, Farğona vodiysining toğ etagi hududlarida (Öş, Farğona, Andijon, Xöjand va Jalolobodda) östiriladi. Mevasi yirik (18x10 mm), gektaridan 40 — 47 s barg beradi. «Xoruğ» Tojikistonda köp tarqalgan. Gektaridan 50 — 55 s barg beradi. Mevasi yirik (21x11 mm), şirin, uruğsiz. Kasallik va sovuqqa çidamli. Payvand qilib köpaytiriladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БЕДОНА ТУТ — тутсимонлар оиласи (тутдошлар)га мансуб дарахт. Меваси оқ, ширин, уруғсиз. Барги ипак қуртига едириладиган «Водил» ва «Хоруғ» хиллари тарқалган. «Водил», асосан, Фарғона водийсининг тоғ этаги ҳудудларида (Ўш, Фарғона, Андижон, Хўжанд ва Жалолободда) ўстирилади. Меваси йирик (18x10 мм), гектаридан 40 — 47 ц барг беради. «Хоруғ» Тожикистонда кўп тарқалган. Гектаридан 50 — 55 ц барг беради. Меваси йирик (21x11 мм), ширин, уруғсиз. Касаллик ва совуққа чидамли. Пайванд қилиб кўпайтирилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.