Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Begmamat Teşayeviç Eşquvvatov

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 280-b. — ziyouz.com

    Eşquvvatov Begmamat Teşayeviç (1938.20.8, Samarqand viloyati, Pastdarğom tumani) — oziq-ovqat sohasidagi olim. Samarqand kooperativ in-ti va Samarqand iqtisodiyot va servis in-ti, muhandislik-texnologiya f-tida katta laborant, assistent, katta öqituvçi, dotsent, prorektor, kafedra mudiri (1966—2003), 2004 yildan Özbekiston FA Samarqand bölimida (hududiy muammolar kompleks ilmiy tekşiriş institutida) işlaydi.

    Ilmiy işlari oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqarişdagi samarali usullarning nazariy asoslarini işlab çiqişga doir. E. matematik, fizik va biologik modellar asosida texnologik jarayonlarning yangi sxemalarini, muhandislik-hisoblaş uslublarini yaratdi.

    As: Osnovi teçeniya uprugovyazkix plastiçeskix mass, Almaata, 2005; Texnologik jihozlar va ularni loyihalaş asoslari, T., 2005.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЭШҚУВВАТОВ Бегмамат Тешаевич (1938.20.8, Самарқанд вилояти, Пастдарғом тумани) — озиқ-овқат соҳасидаги олим. Самарқанд кооператив ин-ти ва Самарқанд иқтисодиёт ва сервис ин-ти, муҳандислик-технология ф-тида катта лаборант, ассистент, катта ўқитувчи, доцент, проректор, кафедра мудири (1966—2003), 2004 йилдан Ўзбекистон ФА Самарқанд бўлимида (ҳудудий муаммолар комплекс илмий текшириш институтида) ишлайди.

    Илмий ишлари озиқ-овқат маҳсулотлари ишлаб чиқаришдаги самарали усулларнинг назарий асосларини ишлаб чиқишга доир. Э. математик, физик ва биологик моделлар асосида технологик жараёнларнинг янги схемаларини, муҳандислик-ҳисоблаш услубларини яратди.

    Ас: Основи течения упруговязких пластических масс, Алмаата, 2005; Технологик жиҳозлар ва уларни лойиҳалаш асослари, Т., 2005.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.