Bekturdi Jumaniyozov
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 211-b. — ziyouz.com
Jumaniyozov Bekturdi (1939.20.1, Xiva tumani) — usta dehqon, Özbekiston Qahramoni (2000). 1957 y.dan Xiva tumanidagi «Özbekiston» jamoa xujaligi a'zosi, şu xöjalikda hisobçi (1963- 68), 1968 y.dan brigada boşliği va 1998 y.dan «Özbekiston» şirkat xöjaligida boş pudratçi. J. rahbarlik qilgan brigada uzoq yillar davomida paxtaçilik, lavlagikorlik va donçilikda dehqonçilikni ilmiy asosda olib borib muttasil yuqori körsatkiçlarga erişdi. 1999 y.da paxtadan 34,8 s/ga, qand lavlagidan 315 s/ga, kuzgi buğdoydan 62 s/ga hosil olişga erişdi. Mehnat faoliyati davomida köp şogirdlar tarbiyaladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЖУМАНИЁЗОВ Бектурди (1939.20.1, Хива тумани) — уста деҳқон, Ўзбекистoн Қаҳрамони (2000). 1957 й.дан Хива туманидаги «Ўзбекистoн» жамоа хужалиги аъзоси, шу хўжаликда ҳисобчи (1963- 68), 1968 й.дан бригада бошлиғи ва 1998 й.дан «Ўзбекистон» ширкат хўжалигида бош пудратчи. Ж. раҳбарлик қилган бригада узоқ йиллар давомида пахтачилик, лавлагикорлик ва дончиликда деҳқончиликни илмий асосда олиб бориб муттасил юқори кўрсаткичларга эришди. 1999 й.да пахтадан 34,8 ц/га, қанд лавлагидан 315 ц/га, кузги буғдойдан 62 ц/га ҳосил олишга эришди. Меҳнат фаолияти давомида кўп шогирдлар тарбиялади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.