Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Belveder

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 224-b. — ziyouz.com

    Belveder (ital. belvedere — nazargoh, kurkam manzara) — 1) bino ustiga yoki baland joyga qurilgan xona. B. asosai doira tarğli, ba'zida gumbazli bölib, ustunlarining orasn oynavand qilinadi yoki oçiq qoldiriladi (park va xiyobonlarda); 2) saroylardagi ayrim inşootlar ham B. deb atapadi. Mas, Vatikan hovlisidagi B., Qobul ş.dagi Boği Bobur binolari (yuqori qismidagi şiypon) B.ning şarqdagi noyob va dastlabki namunasi hisoblanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БЕЛЬВЕДЕР (итал. belvedere — назаргоҳ, куркам манзара) — 1) бино устига ёки баланд жойга қурилган хона. Б. асосаи доира тарғли, баъзида гумбазли бўлиб, устунларининг орасн ойнаванд қилинади ёки очиқ қолдирилади (парк ва хиёбонларда); 2) саройлардаги айрим иншоотлар ҳам Б. деб атапади. Мас, Ватикан ҳовлисидаги Б., Қобул ш.даги Боғи Бобур бинолари (юқори қисмидаги шийпон) Б.нинг шарқдаги ноёб ва дастлабки намунаси ҳисобланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.