Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bengal olovi

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 235-b. — ziyouz.com

    Bengal olovi BENGAL (BANGOL) OLOVI - bariy nitrat (oksidlovçi), kukun holdagi alyuminiy yoki magniy (yoqilği), dekstran yoki kraxmal (sementator) va temir yo pölat qipiğidan tuzilgan pirotexnik aralaşma. U temir sim bölaklariga surilib, bengal şamlari yasaladi. B.o. yoqilganda sekin yonib, çaqnovçi ravşan uçqunlar (havoda yonib böladigan metall zarraçalari) soçadi. Qoğoz gilzalarga töldirib tayyorlangan B.o. muşakbozlikda, bayram tantanalarida va signalizatsiyada işlatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БЕНГАЛ (БАНГОЛ) ОЛОВИ - барий нитрат (оксидловчи), кукун ҳолдаги алюминий ёки магний (ёқилғи), декстран ёки крахмал (цементатор) ва темир ё пўлат қипиғидан тузилган пиротехник аралашма. У темир сим бўлакларига сурилиб, бенгал шамлари ясалади. Б.о. ёқилганда секин ёниб, чақновчи равшан учқунлар (ҳавода ёниб бўладиган металл заррачалари) сочади. Қоғоз гильзаларга тўлдириб тайёрланган Б.о. мушакбозликда, байрам тантаналарида ва сигнализацияда ишлатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.