Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Benjamin Dizraeli

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 263-b. — ziyouz.com

    Dizraeli Benjamin DIZRAELI (Disraeli) Benjamin, graf Bikonsfild (1804.21.12 — London — 1881.19.4) — Buyuk Britaniya boş vaziri (1868 va 1874—80), Konservatorlar partiyasining rahbari; yozuvçi. 1852, 1858—59, 1866—68 y.larda moliya vaziri. D. hukumati mustamlaka-bosqinçilik siyosatini olib borgan (1878 y. Kiprni bosib olgan, Misrni egallab oliş uçun zamin hozirlagan). «Koningsbi» (1844), «Sibilla yoki Ikki millat» (1845) kabi siyosiy romanlarida sotsial ziddiyatlarni yumşatişda aristokratiyaga yetakçi örin ajratgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДИЗРАЭЛИ (Disraeli) Бенжамин, граф Биконсфилд (1804.21.12 — Лондон — 1881.19.4) — Буюк Британия бош вазири (1868 ва 1874—80), Консерваторлар партиясининг раҳбари; ёзувчи. 1852, 1858—59, 1866—68 й.ларда молия вазири. Д. ҳукумати мустамлака-босқинчилик сиёсатини олиб борган (1878 й. Кипрни босиб олган, Мисрни эгаллаб олиш учун замин ҳозирлаган). «Конингсби» (1844), «Сибилла ёки Икки миллат» (1845) каби сиёсий романларида социал зиддиятларни юмшатишда аристократияга етакчи ўрин ажратган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.