Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Beppu

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 246-b. — ziyouz.com

    Beppu — Yaponiyadagi şahar. Aholisi 130 ming kişi (1990). Kyusyu o.ning şim.şarqidagi port. Rangli metallurgiya, kimyo, töqimaçilik sanoati korxonalari bor. Şahar va uning atrofida sulfidli, natriyxlorli va b. xil issiq (100°) mineral buloq köp. Balneologiya va vulkanologiya i. t. institutlari mavjud. Turizm rivojlangan. Bemorlar issiq va nam qumga kumilib davolanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БЕППУ — Япониядаги шаҳар. Аҳолиси 130 минг киши (1990). Кюсю о.нинг шим.шарқидаги порт. Рангли металлургия, кимё, тўқимачилик саноати корхоналари бор. Шаҳар ва унинг атрофида сульфидли, натрийхлорли ва б. хил иссиқ (100°) минерал булоқ кўп. Бальнеология ва вулканология и. т. институтлари мавжуд. Туризм ривожланган. Беморлар иссиқ ва нам қумга кумилиб даволанади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.