Bergson Anri
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 248-b. — ziyouz.com
Bergson Anri BERGSON (Bergson) Anri (18591941)— fransuz faylasufi, intuitivizm va hayot falsafasi namoyandasi. Kolledj de Frans prof. (1900). Fransiya akademiyasi a'zosi (1914). B. fikriça, haqiqiy va boşlanğiç reallik—metafizikkosmik jarayon, «hayotiy şiddat», ijodiy evolyutsiya sifatidagi hayotdir; u intellektga qaramaqarşi bölgan intuitsiya vositasi b-n erişiladigan «davomiylik»dan tarkib topgan; materiya, ong, xotira, ruh — «davomiylik»ning turli jihatlaridir. B. jamiyatdagi hukmronlikni va itoat qilişni «tabiiy» holat, uruşni muqarrar suratda yuz beradigan «tabiat qonuni», deb hisobladi. Asosiy asarlari: «Ongning bevosita ma'lumotlari» (1889), «Materiya va zehn» (1896). «Ijodiy evolyutsiya» (1907), «Axlok, va dinning ikki manbai» (1932). Nobel mukofoti laureati (1927).
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
БЕРГСОН (Bergson) Анри (18591941)— француз файласуфи, интуитивизм ва ҳаёт фалсафаси намояндаси. Колледж де Франс проф. (1900). Франция академияси аъзоси (1914). Б. фикрича, ҳақиқий ва бошланғич реаллик—метафизиккосмик жараён, «ҳаётий шиддат», ижодий эволюция сифатидаги ҳаётдир; у интеллектга қарамақарши бўлган интуиция воситаси б-н эришиладиган «давомийлик»дан таркиб топган; материя, онг, хотира, руҳ — «давомийлик»нинг турли жиҳатларидир. Б. жамиятдаги ҳукмронликни ва итоат қилишни «табиий» ҳолат, урушни муқаррар суратда юз берадиган «табиат қонуни», деб ҳисоблади. Асосий асарлари: «Онгнинг бевосита маълумотлари» (1889), «Материя ва зеҳн» (1896). «Ижодий эволюция» (1907), «Ахлок, ва диннинг икки манбаи» (1932). Нобель мукофоти лауреати (1927).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.