Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Beştramsoy

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 290-b. — ziyouz.com

    Beştramsoy — Navoiy viloyati Navoiy tumanidagi soy. Yuqori oqimida Oqtoşsoy, örta va quyi oqimida Şörğasoy deb ham ataladi. Qoratoğning jan. yon bağrida 1100 m balandlikdan boşlanadi. 9 ta irmoği bor. Uz. 22 km, havzasining mayd. 41 km2. B. juda kamsuv. Yomğir, qor va buloq suvlaridan töyinadi. Bahorda suvi köpayadi. Ba'zan sel oqimi kuzatiladi. Yozda suvi suğorişga sarf böladi va Zarafşon daryosiga yetmasdan qurib qoladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БЕШТРАМСОЙ — Навоий вилояти Навоий туманидаги сой. Юқори оқимида Оқтошсой, ўрта ва қуйи оқимида Шўрғасой деб ҳам аталади. Қоратоғнинг жан. ён бағрида 1100 м баландликдан бошланади. 9 та ирмоғи бор. Уз. 22 км, ҳавзасининг майд. 41 км2. Б. жуда камсув. Ёмғир, қор ва булоқ сувларидан тўйинади. Баҳорда суви кўпаяди. Баъзан сел оқими кузатилади. Ёзда суви суғоришга сарф бўлади ва Зарафшон дарёсига етмасдан қуриб қолади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.