Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Besşatir

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 276-b. — ziyouz.com

    Besşatir — qad. öbalar (mozorqörğonlar) majmuasi (mil.av. 7—4-a.lar). Qozoğiston Respublikasining Olmaota viloyati, Qapçiğay qişloğidan 116 km şarqda, Ili daryosining öng qirğoğidan 3 km uzoqlikda, Jelşağir toği etaklarida joylaşgan. Bu yerdai 2 km masofaga çözilgan 31 ta öba aniqlangan. 1957—61 y.larda Yettisuv arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan örganilgan. B. öbalari Yettisuvdagi saklarning ijtimoiy-maişiy, xöjalik tarixini örganişda muhim ahamiyatga ega.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БЕСШАТИР — қад. ўбалар (мозорқўрғонлар) мажмуаси (мил.ав. 7—4-а.лар). Қозоғистон Республикасининг Олмаота вилояти, Қапчиғай қишлоғидан 116 км шарқда, Или дарёсининг ўнг қирғоғидан 3 км узоқликда, Желшағир тоғи этакларида жойлашган. Бу ердаи 2 км масофага чўзилган 31 та ўба аниқланган. 1957—61 й.ларда Еттисув археологик экспедицияси томонидан ўрганилган. Б. ўбалари Еттисувдаги сакларнинг ижтимоий-маиший, хўжалик тарихини ўрганишда муҳим аҳамиятга эга.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.