Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bidl Jorj Uels

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 307-b. — ziyouz.com

    Bidl Jorj Uels BIDL (Beadle) Jorj Uels (1903 1989) — amerikalik genetik. Sitologiya va genetika, şuningdek metabolizmning genetik nazorati, irsiyatning fizik va kimyoviy asoslari sohasida tadqiqotlar olib borgan, genlarning tabiati va funksiyalarini har tomonlama örgangan. «Bir gen — bir ferment» konsepsiyasining mualliflaridan biri (har bir gen fakat bitta ferment sinteziga javob beradi, 1941). Nobel mukofoti laureati (1958; E. Teytem b-n hamkorlikda).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БИДЛ (Beadle) Жорж Уэлс (1903 1989) — америкалик генетик. Цитология ва генетика, шунингдек метаболизмнинг генетик назорати, ирсиятнинг физик ва кимёвий асослари соҳасида тадқиқотлар олиб борган, генларнинг табиати ва функцияларини ҳар томонлама ўрганган. «Бир ген — бир фермент» концепциясининг муаллифларидан бири (ҳар бир ген факат битта фермент синтезига жавоб беради, 1941). Нобель мукофоти лауреати (1958; Э. Тейтем б-н ҳамкорликда).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.